Checheniston Respublikasi Prezidenti Ramzan Qodirov Checheniston va Qrimni birlashtirishga qarshi emas. Bu haqda u Kavkazdagi vaziyatga izoh berayotganida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya” mamlakat hukumati axborot xizmatiga tayanib.
“Qo‘shilish haqida gap borsa, Checheniston boy Krasnodar o‘lkasi yoki yuksak rivojlanish salohiyatiga ega Qrim bilan birlashish kerak”, — deb qayd etdi Qodirov.
Bundan avvalroq, Checheniston rahbari Donbassdagi qurol ushlagan chechenlar ko‘ngillilar bo‘lib, ular bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov yarimorol Bosh vaziri Sergey Aksyonov tomonidan “Qrim mudofaasi uchun” medali bilan taqdirlangan.
Izoh (0)