Samsung kompaniyasi O‘zbekistonda Samsung Galaxy Tab S planshetining 8,4 dyuymli turini ham sota boshladi. Bu haqda Mobinfo.uz sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
“Fleshka” savdo majmuasida 8,4 dyuym displeyli Galaxy Tab S plansheti 1 800 000 so‘mdan sotilmoqda. Ushbu planshetning 10,5 dyuymli turi esa O‘zbekistonda sotilayotgan eng qimmat planshetlar qatoridan o‘rin olgan va uning narxi 2 100 000 so‘mni tashkil etadi. 8,4 dyuymli Samsung Galaxy Tab S planshetining ilk haridorlariga kompaniya tomonidan original Samsung aksessuarlari taqdim etiladi.
Ushbu planshetda 8,4 dyuym, 2560×1600 pikselli displey, sakkiz yadroli Exynos 5 protsessori, 3 Gb tezkor xotira, 2,1 old va 8 megapikselli orqa kamera, 4900 mA·soat quvvatga ega batareya, Android KitKat operatsion tizimi o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy Tab S ijtimoiy so‘rov natijasida kompaniyaning eng yaxshi plansheti deb topilgan. Shuningdek, ushbu planshetlar haqidagi reklama roliklarini ham mana bu manba orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh (0)