Apple iPhone 6 smartfonining 128 Gb ichki xotirali turi ishlab chiqarilishi mumkin. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
iPhone smartfonlarining ichki xotirasi kengaytirib bo‘lmasligi sababli ko‘pchilik foydalanuvchilar kattaroq xotirali smartfon ishlab chiqarilishini so‘rar edi. So‘nggi ishlab chiqarilgan eng katta ichki xotiraga ega ilk smartfon iPhone 4s bo‘lib, uning xotirasi 64 gigabaytni tashkil etadi.
Endilikda esa, Apple kompaniyasi yangi iPhone 6 smartfonida 128 Gb Toshiba NAND xotira kartasini o‘rnatishi mumkin. Biroq, bunday xotiraga ega smartfon 4,7 dyuym yoki 5,5 dyuymli iPhone 6’dan qaysi biri bo‘lishi noma’lum. Taxminlarga ko‘ra, 128 Gb xotiraga ega smartfonning narxi 849 dollar bo‘ladi.
Izoh (0)