Xitoyning Nankin shahrida davom etayotgan o‘smirlar olimpiada o‘yinlarida yana bir o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Farhodbek Sobirov (-85 kg) “A” guruhida medallar uchun kurash olib bordi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Farhodbek dast ko‘tarishda 147 kilogramm, siltab ko‘tarishda esa 174 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va ikki kurash yakuniga ko‘ra 321 kilogramm natijani qayd etib, olimpiada o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Ushbu musobaqada rossiyalik X.Xudayev oltin (164+191=355), misrlik Muhammad Shosha esa bronza (140+178=318) medalni qo‘lga kiritdi.
Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida ikkita oltin, ikkita kumush va ikkita bronza medal mavjud.
Izoh (0)