O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining axborot xizmati mamlakatdagi bir qator banklarning litsenziyalari qayta rasmiylashtirilgani haqida xabar berdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qarorlari bilan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi hamda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiq:
- “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik-tijorat bankining nomi “‘Mikrokreditbank’ aksiyadorlik-tijorat banki”ga;
- “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ochiq aktsiyadorlik tijorat bankining nomi “‘O‘zbekiston sanoat-qurilish banki’ aksiyadorlik tijorat banki”ga;
- “Trastbank” xususiy ochiq aktsiyadorlik birja bankining nomi “‘Trastbank’ xususiy aksiyadorlik birja banki”ga;
- Ochiq aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” nomi “Aksiyadorlik tijorat ‘Aloqabank’” nomiga;
- Ochiq aksiyadorlik tijorat banki “Qishloq qurilish bank” nomi “Aksiyadorlik tijorat banki ‘Qishloq qurilish banki’” nomiga o‘zgarganligi va mazkur bankning pochta manzili (100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18a)
Shuningdek, xususiy ochiq aksiyadorlik-tijorat banki “Universal bank”ning nomi “Xususiy aksiyadorlik tijorat banki ‘Universal bank’”ga o‘zgarishi munosabati bilan unga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya blanki qayta rasmiylashtirib berildi.
Izoh (0)