O‘zbekiston milliy terma jamoasi 13-dekabrda Falastin terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Uchrashuv Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu vaqtda terma jamoa yig‘in o‘tkazayotgan bo‘ladi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Ushbu yig‘in doirasida Iroq terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. Avval xabar berilganidek, ushbu uchrashuv 28-dekabrda bo‘lib o‘tadi.
Dubaydagi yig‘in Mirjalol Qosimov shogirdlari uchun Osiyo Kubogi oldidan so‘nggi tayyorgarlik jarayoni bo‘lishi lozim.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi qit’a birinchiligi guruh bosqichida Xitoy, Saudiya Arabistoni va KXDR terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Izoh (0)