O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining 22-avgustdagi buyrug‘iga binoan tibbiyot fanlari doktori, professor Najmutdinova Dilbar Respublika ixtisoslashgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining direktori etib tayinlandi. Bu xabarni Sog‘liqni saqlash vazirligining axborot xizmati ham tasdiqladi, deb ma’lum qildi “Kun”.
Dilbar Najmutdinova shu paytga qadar Toshkent tibbiyot akademiyasining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelgan. U 2009-yilda O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi unvoni bilan taqdirlangan.
Markazning bundan avvalgi rahbari S. Sultonov O‘zbekiston nazorat organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlangan kamchiliklar natijasida lavozimidan ozod qilingan.
Izoh (0)