Xitoyning Nankin shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan ikkinchi yozgi olimpiada o‘yinlaridan yana bir xushxabar oldik, deb ma’lum qildi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.
Dzyudo kurashi bo‘yicha jamoaviy musobaqalarda finalga chiqqan o‘zbekistonlik Suhrob Tursunovning ROUGE jamoasi (ushbu jamoa tarkibidan O‘zbekiston, Portugaliya, Puerto-Riko, Argentina, Gollandiya, Rossiya, Fransiya sportchilari joy olgan) hal qiluvchi bahsda GEESINK jamoasini mag‘lub etib, o‘smirlar olimpiada o‘yinlarining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston sportchilarining o‘smirlar olimpiada o‘yinlarida qo‘lga kiritgan oltin medallari soni ikkitaga yetdi.
Izoh (0)