Bugun Ispaniya Superkubogi bahslarining javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Madrid shahrida “Atletiko” jamoasi hamshaharlari “Real” klubini qabul qiladi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Birinchi o‘yindagi 1:1 hisobi maydon egalariga biroz ustunlikni keltirib chiqaradi. Sababi Diyego Simeone shogirdlarini 0:0 hisobdagi durang ham qoniqtiradi.
Karlo Anchelotti esa shogirdlarini faqat g‘alabaga undamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Superkubogining dastlabki uchrashuvida Xames Rodriges 81-daqiqada “Qirollik klubi”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 88-daqiqada Garsiya hisobni tenglashtirgan edi. Natijada o‘yin durang bilan nihoyasiga yetgan edi.
Izoh (0)