Open Signal tadqiqotchilari mobil qurilmalarda iOS va Android operatsion tizimlarining qaysi versiyasidan foydalanilishi haqida statistikani e’lon qildi. Bu haqda Mail.Ru ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Statistikaga ko‘ra, hozirda foydalanilayotgan iOS qurilmalarining 91 foizi operatsion tizimning so‘nggi – iOS 7 versiyasida ishlaydi. iOS 6 versiyasida ishlaydigan qurilmalar sakkiz foizni tashkil etsa, faqatgina bir foiz qurilmalar iOS’ning avvalgi versiyalarida ishlamoqda.
Hozirda foydalanilayotgan Android qurilmalarining 20,9 foizida operatsion tizimning so‘nggi versiyasi KitKat o‘rnatilgan. Android Jelly Bean versiyasidagi qurilmalar esa 54,2 foizni tashkil etadi. Android qurilmalarining 10,6 foizi Ice Cream Sandwich versiyasida ishlayotgan bo‘lsa, 13,6 foizi Gingerbread hamda 0,7 foizginasi Froyo versiyasida ishlamoqda.
Izoh (0)