Afrikada ebola epidemiyasi tarqalganiga qaramay, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 10—20-dekabr kunlari Marokashda bo‘lib o‘tadi, deya xabar beradi Stadion.uz FIFA rasmiy saytiga tayanib.
“FIFA uchun futbolchilarning, muxlislarning va musobaqa rasmiy kishilarining sog‘lig‘i muhim hisoblanadi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST)ga ko‘ra, Marokashda ebola bilan bog‘liq voqealar qayd etilmagan. Shuning uchun musobaqaning o‘tkazish joyini o‘zgartirish shart emas”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Ebola bezgagi qon, turli ajralma (ter, yiring kabi)lar, shuningdek, bemorning zaharlangan buyumlari orqali yuqib, o‘limga olib kelishi mumkin. Hozircha mazkur kasallikka qarshi davo vositasini ishlab chiqish borasidagi harakatlar samara bermadi. BSST ma’lumotiga ko‘ra, shu paytgacha 2473 kishi ushbu kasalik bilan og‘rigan bo‘lib, ulardan 1350 nafari vafot etgan.