FIDE shaxmat bo‘yicha nufuzli Gran-Pri turnirlarining mezbonlarini aniqladi. Unga ko‘ra, to‘rt bosqichdan biriga Toshkent shahri mezbonlik qiladi. Aniqrog‘i, 20-oktabrdan 3-noyabrgacha o‘tkaziladigan Gran-Pri bahslari poytaxtda bo‘lib o‘tadi. Unda sayyoraning eng kuchli grossmeysterlari o‘zaro dona suradi, deb qayd etdi “Olamsport”.
Undan avvalgi FIDE Gran-Prisi 1—15-oktabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida tashkil etiladi. Shuningdek, kelasi yili o‘tkaziladigan qolgan ikkita Gran-Priga Tehron va Moskva shaharlari mezbonlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2012-yilning 21-noyabridan 5-dekabriga qadar Toshkentda FIDE Gran-Prisi yuqori saviyada o‘tkazilgan edi. Unda Rustam Qosimjonov birorta ham mag‘lubiyatga uchramay, oltinchi o‘rinni egallagan edi. U bu galgi musobaqada ham ishtirok etadi.
Izoh (0)