O‘zbekistonlik tennischi Shonig‘matjon Shofayziyev Belarus poytaxti Minsk shahrida davom etayotgan ITF toifasiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat turnirdagi ishtirokini yakunladi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.
Shonig‘matjon Shofayziyev ikkinchi davrada mezbonlar vakili Ilya Ivashkaga qarshi kortga chiqib, 3:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, Shofayziyev birinchi bosqichda qirg‘izistonlik Daniyar Duldayevdan 6:7(4), 6:2, 6:3 hisobida ustun kelgan edi.
Izoh (0)