Ikkinchi o‘smirlar yozgi olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan suzish musobaqalarida bugun 50 metr masofaga brass usulida suzish bo‘yicha saralash bahslari o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi Andrey Pravdivsev belgilangan masofani 28.90 soniyada bosib o‘tib, yarim final bahslarida medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Yarim final musobaqalari bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:50 da boshlanadi. Final bahslari 22-avgust kuni o‘tkaziladi.
Izoh (0)