O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 19-avgust kuni davlat tashrifi bilan Pekinga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Xitoy rahbariyati bilan uchrashuvlar chog‘ida o‘zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqboli muhokama etiladi. O‘zbekiston va XXR o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha fikr almashiladi. Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, muzokaralar yakunida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilish, O‘zbekiston va Xitoyning turli sohalardagi hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan hukumatlararo va boshqa qator hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan.
Izoh (0)