Xitoyning Nankin shahrida davom etayotgan ikkinchi o‘smirlar yozgi olimpiya o‘yinlarining 18-avgust kungi bahslaridan so‘ng, medallar jamg‘arish bo‘yicha hamon mezbonlar peshqadamlik qilyapti. Xitoy terma jamoasi hisobida to‘rtta oltin, bitta kumush, beshta bronza — jami 10 ta medal bor. Rossiya va Vengriya terma jamoalari ham hozirgacha to‘rttadan oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb qayd etdi “Olamsport”.
Shuningdek, AQSh, Xitoy Taypeyi, Qozog‘iston, Italiya, Polsha, Avstraliya, Janubiy va Shimoliy Koreya, Braziliya, Vyetnam, Litva, Turkiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, Yaponiya hamda Eron terma jamoalari tarkibida ham kamida bir nafardan olimpiada chempioni bor.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ikkita bronza medal bilan 33-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)