Yaqindagina uylangan Rossiyaning Volgograd shahri fuqarosi o‘zining turmush o‘rtog‘ini xiyonat qilganlikda gumon qilib, yoqib yubordi. Tanasi qattiq kuygan 27 yoshli ayol 16-avgust kuni shifoxonaga yetkaziladi. 80 foiz tanasi kuyib ketgan ayolning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, gumondor halok bo‘lgan ayolning ishsiz turmush o‘rtog‘i bo‘lib, avvalroq qotillik uchun sudlangan.
LifeNews axborot telekanalining namoyish etishicha, yangi oila qurgan er-xotin o‘zining nikohini nishonlagach, kuyov uxlab qoladi. Kelinga bu yoqmaydi va u vaqtini boshqa bir erkak bilan o‘tkazadi. Ayol uyga qaytgach, eriga barchasini aytib beradi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining Volgograd viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ayolining xiyonatidan g‘azablangan erkak mast holatda bo‘lgan. “U turmush o‘rtog‘ining ustidan spirt quyib, yoqib yuborgan”, — deyiladi IIV Bosh boshqarmasi axborotida.
Hozirda politsiya tergov-qidiruv ishlarini olib bormoqda. 30 yoshli gumondor shaxs qo‘lga olingan. Unga nisbatan RF Jinoyat kodeksining “Jabrlanuvchi sog‘lig‘iga qasddan o‘limga olib keluvchi og‘ir jarohat yetkazish” moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Mazkur jinoyat uchun gumondor shaxs 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Izoh (0)