Xitoyda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan ikkinchi yozgi olimpiada o‘yinlarining sport gimnastikasi bo‘yicha ko‘pkurash bahslarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Timur Qodirov otda bajariladigan mashqning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, hal qiluvchi final bosqichiga chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining axborot xizmati xabar bermoqda.
19-avgust kuni o‘tkaziladigan final musobaqasida Timur Qodirov bilan birga yana yetti nafar sportchi o‘smirlar olimpiada o‘yinlarining medallari uchun kurash olib boradi.
Bugun sport gimnastikasining qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan ko‘pkurash musobaqasi saralash bosqichida yana bir o‘zbekistonlik sportchi Veronika Orlova ishtirok etadi.
Izoh (0)