20-avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasining yoshartirilgan tarkibi Boku shahrida Ozarbayjon termasiga qarshi maydonga tushadi. Terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov oldiga Boku safari oldidan muhim vazifa qo‘yilgan. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi rahbariyatiga yaqin manbalardan olingan xabarlarga tayanib, Uff.uz ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston termasi mag‘lubiyatga uchramasligi kerak. Shu bilan birga, Osiyo o‘yinlarida maydonga tushadigan asosiy tarkibni shakllantirish lozim bo‘ladi.
Avvalroq Mirjalol Qosimov Ozarbayjonga qarshi o‘yinda ishtirok etadigan 20 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibni e’lon qilganini xabar bergan edik. Chorshanba kuni Ozarbayjonga qarshi o‘yinda mazkur futbolchilar orasidan tuzilgan jangovor tarkib ishtirok etadi. Yana beshta futbolchi zaxiradan tushib, o‘zini sinab ko‘rishi mumkin.
Mazkur o‘yin orqali kamchiliklarni imkon qadar bartaraf etish va keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)