“Barselona” klubi shifokorlari Xavi va Neymarga Gamper Kubogidan o‘rin olgan “Leon” jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushishga ruxsat berdi. Bu haqda klub rasmiy saytiga tayanib, Uff.uz xabar bermoqda.
Shuningdek, “Leon”ga qarshi o‘yinda Luis Suares ham ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, FIFA Suaresga norasmiy o‘yinlarda qatnashishga ruxsat bergan edi.
“Barselona” va “Leon” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:30 da boshlanadi.
Izoh (0)