15-avgust kuni soat 18:00 atrofida Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo‘lchilar ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Uz24.uz xabar berdi.
“Jiguli” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, avtobus bekatiga borib urilgan. Natijada temirdan qurilgan bekat butunlay vayron bo‘lgan. Suratda ko‘rinib turganidek, bekat shiyponi avtomobil tomiga qulagan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchidan boshqa jabrlanganlar yo‘q. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda bekatda hech kim bo‘lmagan.
Izoh (0)