Amerikalik Ledi Gaga ijtimoiy tarmoqlardan birida Tokioga bo‘lgan muhabbatini izhor qilib, koreys tilidagi yozuvi bor kiyimda tushgan rasmini joylagan. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
Qo‘shiqchi internet orqali yaponiyalik muxlislari va Tokioni sevishini ma’lum qilib, u yerda tushgan rasmlarini joyladi. Yaponiyalik muxlislarning e’tibori qo‘shiqchi kiygan yorqin libosning old qismidagi koreyscha yozuvga qaratildi.
G‘azablangan yaponiyaliklar Ledi Gaganing “shunchaki kaltafahm amerikalik” ekanini aytib, bu harakati orqali “Ledi Gaga go‘yoki Koreyani Yaponiya bilan solishtirib, Koreyani ko‘proq ma’qul ko‘rishini ma’lum qilayotgandek. Shuning uchun u menga kamroq yoqa boshladi”, — degan izohlar qoldirdi.
Izoh (0)