Rossiya chempionati 3-tur doirasida Moskvaning “Lokomotiv” klubi “Rostov”ni 2:1 hisobi bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
“Temiryo‘lchilar”ga g‘alaba keltirgan har ikki golli vaziyatda ham O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov jamoadoshlarini uzatma bilan ta’minlagan.
Denisov avvaliga 5-daqiqadayoq Alan Kasayevni qulay vaziyatga chiqardi. Yozda “Lokomotiv” safiga o‘tgan Kasayev adashmadi va hisobni ochdi. Shundan so‘ng ham “temiryo‘lchilar” raqibga bosim o‘tkazishda davom etdi. 21-daqiqada Vitaliy Denisov Aleksandr Samedovga to‘pni oshirib berdi va hisob 2:0 ga yetdi.
Ikkinchi bo‘limda “Rostov” hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo “Lokomotiv” so‘nggi daqiqalarga qadar g‘alabani ushlab qoldi.
Izoh (0)