14-avgust kuni Norvegiyaning Tromse shahrida Butunjahon shaxmat olimpiadasi yakunlandi. So‘nggi turda turkiyalik dugonalari bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi yakunda 35-o‘rin bilan kifoyalandi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
O‘zbekistonlik qizlar reyting bo‘yicha olimpiadada 46-o‘rinda qayd etildi. 27-pog‘onadagi Belarus terma jamoasi hisobida ham O‘zbekiston kabi 13 ochko bor. Faqat qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar quyiroqda joylashdi.
Rossiya terma jamoasi qizlari ketma-ket uchinchi bor olimpiada o‘yinlari chempioni bo‘ldi. Sovrinli o‘rinlarni Xitoy va Ukraina terma jamoalari bo‘lishib oldi.
Izoh (0)