Malayziya hukumati rahbari o‘rinbosari Muhiddin Yosinning ma’lum qilishicha, Ukraina sharqida halokatga uchragan “Boing” qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan motam marosimi Malayziyada 22-avgust kuni o‘tkaziladi. Bu haqda New Straits Times gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Avvalroq Malayziya Bosh vaziri Najib Razzoq aviahalokat qurbonlarining birinchi jasadlari vataniga keltirilgan kunda butun mamlakat bo‘yicha hukumat tomonidan motam e’lon qilinishini aytgan edi.
Bosh vazir o‘rinbosari Muhiddin Yosinning ta’kidlashicha, halokatga uchragan layner bortida bo‘lgan 15 nafar yo‘lovchining jasadi Malayziyaga 22-avgust kuni mahalliy vaqt bilan ertalab 10:00 atrofida keltiriladi.
Yosinning so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar aviahalokat qurbonlari orasida jami 24 nafar malayziyalikning jasadi aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, Amsterdam — Kuala-Lumpur yo‘nalishida parvoz qilgan Malayziyaning “Boing-777” samolyoti 17-iyul kuni Donetsk viloyatiga qulagan. Layner bortida bo‘lgan 298 nafar kishining barchasi halok bo‘lgan.
Izoh (0)