Kolumbiyalik advokat JCh — 2014 chorak finalining Braziliya — Kolumbiya uchrashuvidagi noxolis hakamlik va ma’naviy zarar uchun FIFAdan bir milliard yevro undirmoqchi, deb xabar berdi Stadion.uz.
“Men o‘zimni juda yomon his qildim, alam meni o‘ldirdi. Yurak urishim o‘zgarib, yaqinlarim meni tez yordam bo‘limiga olib bordi. Men FIFAni Kolumbiya sudiga beraman, chunki o‘tgan jahon chempionatida juda ko‘p jamoalar noxolis hakamlikdan aziyat chekdi, shu jumladan, Kolumbiya ham.
Chili, Urugvay, Angliya, Meksika va Kosta-Rikaliklar ham hakamlardan aziyat chekdi. Menda Pele, Maradona, David Ospina, Xames Rodriges va xalqaro hakamlarning guvohlik ko‘rsatmalari bor. Ular musobaqaning videoyozuvlarini o‘rganib chiqqan”, — deya 74 yoshli advokatning so‘zlarini keltirdi BBC.
Advokat sudda yutib chiqsa, pullarni kolumbiyalik bolalar uchun sarflashini ma’lum qildi.