“Shaltay Boltay” anonim guruhi Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedevning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritganini xabar qildi. Medvedevning tvitteriga ham aynan shu guruh tomonidan hujum uyushtirilgan bo‘lishi mumkin, deb qayd etdi Gazeta.ru.
“Guruhning rasmiy pozitsiyasi — tvitterni biz buzmaganmiz. Norasmiyi esa — biz bo‘lishimiz ham mumkin. Bizni buzgan deb o‘ylashsa kerak. Negaki qo‘limizga Medvedevning pochta qutilari va uchta ‘ayfon’idagi ma’lumotlar to‘satdan tushib qoldi”, — dedi “Anonim Internatsional” guruhi vakili.
“Roskomnadzor” (Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy aloqa vositalarini nazorat qiluvchi Federal xizmat) iyul oyida rossiyalik mansabdor shaxslar va siyosatchilarning yozishmasi joylangan “Shaltay Boltay” anonim blogini bloklab qo‘ygan edi.
Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab Bosh vazirning tvitteriga hujum uyushtirilib, noma’lum shaxslar uning iste’foga chiqishi haqida xabar bergan edi.
Izoh (0)