Emirates 24/7 internet portalining ma’lum qilishicha, 2014-yil ikkinchi choragida Dubayning Palm Jumeirah sun’iy orolidagi eng qimmat villaning narxi 16 million dollarni tashkil etdi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, Trend.az xabar bermoqda.
Joriy yilnining ikkinchi kvartalida villalarni xarid qilish bo‘yicha jami 60 million dollarlik shartnoma tuzilgan.
Ko‘chmas mulk savdosidagi manbalarga ko‘ra, bitimlarning ko‘pi Rossiya, Eron va hindistonlik xaridorlar bilan tuzilgan. Ular villa narxini naqd pul bilan to‘lagan.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil birinchi choragida Palm Jumeirah orolidagi eng qimmat villaning narxi 12 million dollar atrofida bo‘lgan edi.
Konsalting agentliklarining prognoz qilishicha, Dubayda ko‘chmas mulk narxi joriy yilda 10—15 foizga ko‘tariladi.
Izoh (0)