18 dan 34 yoshgacha bo‘lganlar orasida mashhur ijtimoiy tarmoqlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda TechCrunch ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
18 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lganlar orasida eng mashhur ijtimoiy tarmoq Facebook bo‘lib, undan 18–34 yoshlilarning 75,6 foizi foydalanadi.
Ikkinchi o‘rinni 43,1 foiz ko‘rsatkich bilan Instagram egallagan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinni 32,9 foiz bilan Snapchat band etgan. Keyingi o‘rinlar esa 23,8 foiz bilan Twitter, 18 foiz bilan Google+, 17,9 foiz bilan Pinterest, 10,7 foiz bilan Vine ijtimoiy tarmoqlariga tegishli.
Yuqoridagi ijtimoiy tarmoqlar orasida eng tez rivojlanayotgani Snapchat bo‘lib, 2013-yilning noyabrida barcha smartfon foydalanuvchilarining 12,1 foizi undan foydalanar edi.
Izoh (0)