Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ida ommabop Pepsi gazlangan ichimligining narxi keskin pasaydi. Bu haqda savdo tarmog‘ining Facebook’dagi sahifasiga asoslanib, “Kun” xabar bermoqda.
Bir yarim litrlik Pepsi endi 3890 so‘mdan, bir litrligi 2890 so‘mdan, yarim litrligi esa 1890 so‘mdan sotilmoqda.
Narxlar nima sababdan bu qadar arzonlashgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.
Avvalroq, sentabr oyidan savdo rastalariga Coca-Cola ichimligi qaytishi, uning bir yarim litrligi taxminan 4000 so‘m atrofida bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)