Joriy yilning yanvar oyida alkogol va giyohvand moddadan mast bo‘lgan holda mashina haydagani bois qo‘lga olingan Jastin Biberning ishi bugun, 13-avgust kuni tugatilishi kutilmoqda. Bu haqda Miami Herald nashri xabar bermoqda.
O‘z aybini tan olgan kanadalik pop-ijrochi sud qaroriga muvofiq 12 soatlik g‘azabni boshqarish kursiga qatnashish, sudya tomonidan belgilangan jarimalarni to‘lash va 50 ming dollar miqdorida xayriya ishlarini amalga oshirishga majbur bo‘ladi.
Shunda alkogol va giyohvand moddadan mast bo‘lgan holda mashina boshqarganlik ayblovi xonandadan olib tashlanib, Biber faqat tezlik oshirganligi va ehtiyotsizlik bilan haydagani uchun jazolanadi.
Eslatib o‘tamiz, Jastin Biber 23-yanvarga o‘tar kechasi Mayami-Bich shahrida sariq Lamborghini avtomobilida Ferrari haydovchisi — Halil Sharif ismli repper bilan ko‘cha poygasini uyushtirgan.
Politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingach, Biber pivo va marixuana, shuningdek, yana bir qancha giyohvand modda ta’sirida bo‘lganini tan olgan. Halil Sharifga ham giyohvand modda ta’sirida avtomobil boshqarganlik ayblovi qo‘yilgan.
Izoh (0)