2014-yil 4—5-avgust kunlari Toshkent shahrida intellektual mulk sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi bo‘yicha aholi gavjum joylar, bozorlar, savdo komplekslari, shoxobchalar hamda internet-kafelarda monitoring amalga oshirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi axborot xizmati.
Mazkur tadbir kontrafakt audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar noqonuniy tarqatilishining oldini olish, aniqlangan qonunbuzilish holatlariga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish maqsadida o‘tkazildi.
Monitoring davomida aniqlangan jami 18 ta qonunbuzilish holatlari bilan bog‘liq ma’lumotlar qonuniy chora ko‘rilishi uchun tegishli davlat organlariga yuborildi. Tadbir Intellektual mulk agentligi xodimlari tomonidan Toshkent shahri bo‘yicha ishchi guruh bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Izoh (0)