Norvegiyaning Tromse shahrida davom etayotgan 41-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 9-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Ushbu turda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Kuba termasi ustidan 2,5:1,5 hisobi bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Terma jamoa sardori Sarvinoz Qurbonboyeva, shuningdek, Sevara Baymuratova va Mohinur Qahramonova raqibalari bilan durang o‘ynadi. Irina Gevorkyan kubalik shaxmatchini mag‘lub etib, terma jamoaga umumiy g‘alabani taqdim etdi.
Musobaqa yakunlanishiga ikki tur qolganida ayollar terma jamoasi 12 ochko bilan 23-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 15-pog‘onada borayotgan Hindiston terma jamoasi hisobida ham 12 ochko mavjud.
Sarvinoz Qurbonboyeva — Lisandra Ordas 0,5:0,5
Irina Gevorkyan — Yaniyet Marrero Lopes 1:0
Sevara Baymuratova — Sulennis Pina Vega 0,5:0,5
Mohinur Qahramonova — Martiza Arribas 0,5:0,5
Izoh (0)