London politsiyasi boshlig‘i ser Bernard Xogan-Xou BBC radiostansiyasiga berayotgan intervyusini to‘xtatib, yaqin oradagi bosqinchilar guruhini qo‘lga oldi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
11-avgust, dushanba kuni poytaxt politsiya xizmati boshlig‘i jinoyatchilik bilan bog‘liq muammolar haqida intervyu berish uchun Tottenxem tumaniga keladi. Biroq BBC muxbiri bilan suhbat chog‘ida uning yoniga taksi kelib to‘xtaydi va haydovchi hozirgina yo‘lovchilari tomonidan talanganini aytadi. Ular pul, mobil telefon va old o‘rindiqda bo‘lgan boshqa buyumlarni o‘g‘irlab ketishgan. Kirakash ko‘cha bo‘ylab chopib ketayotgan o‘spirinlarni ko‘rsatadi.
Voqea guvohiga aylangan muxbir Xogan-Xouning darhol intervyuni to‘xtatib qo‘yib, o‘z vazifasini bajarishga kirishganini so‘zlab berdi. U yashin tezligida taksiga o‘tirib, o‘g‘rilarni quvlab ketadi va ulardan birini tutib, hibsga oladi. So‘ng keyingi bosqinchini ham qo‘lga oladi.
Ayni paytda o‘g‘rilar qamoqxonada saqlanmoqda.
Izoh (0)