Samarqand aholisi telefon raqamlariga hech qanday tanlovda ishtirok etmaganiga qaramay, yutuqli aksiya g‘olibi bo‘lganlik bilan bog‘liq xabarlar kelmoqda. Bu haqda “Daryo”ning samarqandlik mushtariylari xabar berdi.
“Daryo” mushtariyining ma’lum qilishicha, Faberlic kompaniyasi deb o‘zini tanishtirgan kishi raqam egasining yutuqli aksiya g‘olibi bo‘lgani haqida SMS jo‘natmoqda. Xabarda qayd etilgan telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan mushtariyga 20 foizli chegirma yutib olganini ma’lum qilishgan.
Mushtariyning ta’kidlashicha, u hech qanday aksiyada ishtirok etmagan.
“Daryo” tahririyati ham ma’lumot uchun berilgan raqam bilan bog‘landi. Go‘shakni ko‘targan operator yutuq borasidagi savollarga telefon orqali javob bera olmasligini, barcha ma’lumotlarni SMSda ko‘rsatilgan manzilga tashrif buyuribgina olish mumkinligini aytdi.
Izoh (0)