Norvegiyaning Tromse shahrida davom etayotgan 41-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 8-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan so‘ng, avstraliyalik shaxmatchilarni 3:1 hisobi bilan mag‘lub etishning uddasidan chiqdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, turnirda 33-raqam ostida saralangan Rustam Qosimjonov sardorligidagi o‘zbekistonlik shaxmatchilar 11 ochko bilan 23-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Rustam Qosimjonov — Devid Smerdon 1:0
Anton Filippov — Moultun Li 0,5:0,5
Marat Jumayev — Maks Illingvort 0,5:0,5
Ulug‘bek Tillayev — Junta Ikeda 1:0
Izoh (0)