Ekvadorda an’anaviy “Missis Dunyo” tanlovi nihoyasiga yetdi. Joriy yilda rossiyalik Yuliya Ionina tanlov g‘olibi deb topildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Turli mamlakatlardan kelgan jami 40 nafar ishtirokchi sayyoraning turmush qurgan eng chiroyli ayoli nomi uchun kurashdi.
Sankt-Peterburgda istiqomat qiluvchi 29 yoshli Yuliya xalqaro tanlovdagi g‘alabasidan mamnun ekanligini aytib, “Bu men uchun ham, Rossiya nomidan qatnashgan boshqa ishtirokchilar uchun ham katta muvaffaqiyat”, — deb ta’kidladi.
“ITAR-TASS”ning ma’lum qilishicha, Yuliya uch bolaning onasi bo‘lib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, u “Go‘zallik va marhamat” xayriya jamg‘armasiga rahbarlik qiladi. Hozirda u ikkinchi yo‘nalish sifatida yurisprudensiya (huquqshunoslik) bo‘yicha ta’lim olmoqda. O‘tgan yili Yuliya “Missis Rossiya International 2013 Shimoli-G‘arb” tanlovida g‘alaba qozongan edi.
Izoh (0)