Bahrayn Madaniyat vaziri OAV vakillari bilan suhbatlashayotganida marokashlik muxbir ayol vazirning mobil telefonini o‘g‘irladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Emirates 247 onlayn-gazetasiga tayanib.
Bahrayn Madaniyat vaziri Mai bint Muhammad al-Halifa Marokashning Tanjer shahriga tashrif buyurdi. Muxbirlar bilan suhbat qurish vaqtida vazir mobil telefoni yo‘qolganini sezib qoldi. Politsiyaga murojaat etilgach, videokamera orqali vazirning telefoni stol ustida turganida mahalliy jurnalistlardan biri uni bildirmay olib, sumkasiga solib qo‘ygani aniqlandi.
Gumondor ayol qisqa muddat ichida o‘z uyida hibsga olindi. Aybini tan olib, telefonni qaytarganiga qaramay, politsiya xodimlari ayolni so‘roq qilish uchun olib qoldi.
Izoh (0)