Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Diyego Maradona yana bir bor matbuot vakillari bilan janjal markaziga tushdi, deya xabar beradi Metro’ga asoslanib, Stadion.uz.
Ichida dugonasi va o‘g‘li Diyego Fernando bo‘lgan Diyego Maradonaning mashinasi teatrga ketayotgan vaqtda matbuot vakillarining katta guruhi tomonidan o‘rab olindi.
Maradona mashinadan tushdi va muxbirlarning biriga qo‘l ko‘tarib, intervyu berishni istamayotganligini aytdi.
Maradona bir yil avval ham o‘g‘lining suratini o‘zining ruxsatisiz olmoqchi bo‘lgan jurnalistga hujum qilgan edi.
Izoh (0)