Uchinchi sentabrda taqdim etilishi kutilayotgan Sony Xperia Z3 Compact smartfonining taxminiy suratlari paydo bo‘ldi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Suratlardan bilish mumkinki, Z3 Compact'ning kamerasi 20,7 megapikselli bo‘ladi. Smartfonda kamera tugmasi ham mavjud. Shuningdek, unda USB va MicroSD uchun bitta qopqoq o‘rnatilgan.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra Z3 Compact smartfoni 4,6 dyuym, 720×1280 pikselli displeyga ega bo‘ladi. Smartfonning to‘liq turi – Xperia Z3’da esa 5,2 dyuym, 1080×1920 pikselli displey o‘rnatilishi mumkin.