Eron poytaxti Tehrondan shimoli-g‘arbda — “Mehrobod” aeroporti joylashgan tumanda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Rossiyskaya Gazeta” xabar berdi.
Sepahan Air aviakompaniyasiga qarashli An-140 samolyoti bortida 40 nafar yo‘lovchi va sakkiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Tehrondan Eronning Tabas shahriga parvoz qilishi kerak bo‘lgan layner aeroportdan uchishi bilanoq aholisi zich yashaydigan hududga qulagan.
“RIA Novosti”da qayd etilishicha, aviahalokat natijasida 39 kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz nafari jarohatlangan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, uchuvchi parvoz yo‘lagining so‘nggi metrlaridayoq boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. Natijada samolyot korpusi uchish-qo‘nish yo‘lagining qoplamasiga zarar yetkazgan. Shunga qaramay, layner havoga ko‘tarilgan va bir necha daqiqa parvoz qilgan.
Sodir bo‘lgan voqea sababi hozircha aniq emas. Taxminlarga ko‘ra, dvigateldagi nosozlik aviahalokatga olib kelgan.
Izoh (0)