Joriy marketing yilida O‘zbekiston Qozog‘istondan 885,4 ming tonna g‘alla mahsulotlarini sotib oldi va bu borada faqat Erondan (1 million 255 ming tonna) ortda qoldi. Bu haqda Anhor.uz xabar berdi.
Qozog‘iston MDH davlatlariga jami 3,5 million tonna, boshqa xorijiy davlatlarga 2,5 million tonna g‘alla sotgan.
Bugungi kunda Oqtou, Boku (Ozarboyjon), Amirobod (Eron) portlarida Qozog‘iston g‘alla terminallari faoliyat olib boradi.
Qozog‘iston g‘allasining Markaziy Osiyo mamlakatlari, Afg‘oniston va Eronga eksportini ko‘paytirish uchun Mangistau viloyatidagi “Beyneu” bekatida tegirmonli elevator majmuasi ishga tushirilgan.