Turkiyalik mashhur tadbirkor Nuri Gural besh yoshli qizining o‘zbekistonlik enagasini ma’lum muddatga yo‘q bo‘lib qolgani uchun urdi. Bu haqda Hurriyet Daily News xabar bermoqda.
Dilnoza Ismatova do‘stlaridan biridan olgan qarzini to‘lash uchun Nuri Guralning qizi bilan uydan chiqib ketgan. U telefonida yetarli mablag‘ bo‘lmagani bois qizning oila a’zolariga chiqib ketayotganini ma’lum qila olmagan.
Dilnoza uyga qaytishi bilan Gural enaganing tushuntirishiga ham quloq solmay, uni mushti va temir tayoq bilan urgan.
“Uyga kelib, qizimni topa olmagach, uni o‘g‘irlab ketishdi, deb o‘yladim. Qaytib kelganida esa, o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim”, — deydi Gural. Shifoxona xodimlari ham enaganing urishganini tasdiqladi.
Ikki taraf ham bir-birining ustidan politsiyaga shikoyat bilan murojaat qilgan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)