Norvegiyaning Tromse shahrida davom etayotgan 41-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining ayollar o‘rtasidagi bahslarida 5-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. To‘rtinchi turda Shotlandiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bu safar braziliyalik dugonalarini mag‘lub etdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi sardori Sarvinoz Qurbonboyeva birinchi taxtada Vanessa Felisiano Ebert bilan durang o‘ynadi. Qolgan qizlar esa raqibalarini mot qilishning uddasidan chiqdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 41-o‘rinni egallab turibdi. Terma jamoa hisobida beshta turdan so‘ng ikkita g‘alaba, ikkita durang va bir mag‘lubiyat bor.
Sarvinoz Qurbonboyeva — Vanessa Felisiano Ebert: 0,5:0,5
Irina Gevrokyan — Sayumi Juliana Terao: 1:0
Sevara Boymurodova — Regina Ribeyro: 1:0
Mohinur Qahramonova — Syuzana Chang: 1:0
Izoh (0)