Amerikalik qo‘shiqchi Farrell Uilyams (Pharell Williams)ning Happy klipidan ilhomlangan KVN UZ vakillari Gelikon Media Group reklama agentligi hamda Uzbek Apparel butiki bilan hamkorlikda Happy Tashkent deb nomlangan yangi klipni suratga oldi.
Suratga olish ishlari poytaxtning so‘lim go‘shalarida olib borilib, unda Toshkentning yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan aholisi ishtirok etdi.
Qisqa muddat ichida sho‘x va raqsbop ohangga ega tarona uchun ishlangan quvnoq klip ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi.
Happy Tashkent’ning yana bir e’tiborli jihati, klip uchun KVN UZ o‘yinlari vaqtida maxsus “fleshmob” tashkil etilib, unda boshlovchidan tortib muxlislargacha — barcha raqsga tushgan.
Ma’lumot uchun, Farrell Uilyamsning Happy videroliki muxlislar e’tiboriga havola etilgach, dunyoning turli mamlakatlarida shu nom bilan suratga olingan xilma-xil kliplar tarqala boshladi.
Izoh (0)