Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari soni 84 ming 902 nafarga yetdi. Bu haqda kutubxona rasmiy sayti axborotiga asoslanib, “Kun” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, iyul oyi davomida kutubxonaga 701 nafar erkak va 474 nafar ayol, jami 1175 kishi a’zo bo‘lgan.
Qayd etishlaricha, ularning 117 nafari talaba, 200 nafari o‘quvchi, 531 nafari abituriyent, 12 nafari magistr, 15 nafari ilmiy xodim, besh nafari professor, to‘qqiz nafari dotsent, 215 nafari xizmatchi, 21 nafari ishchi, to‘qqiz nafari uy bekasi, 15 nafari nafaqaxo‘r, 18 nafari esa chet el fuqarolaridir.
Izoh (0)