Norvegiyaning Tromse shahrida davom etayotgan 41-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. 5-avgust kuni Shotlandiyaga qarshi kechgan o‘yinda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 1,5:2,5 hisobi bilan raqiblardan ustun keldi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Sarvinoz Qurbonboyeva durang qayd etdi. Sevara Boymurodova hamda Olga Sobirova g‘alabaga erishdi. Irina Gevorgyan esa imkoniyatni boy berdi.
Bugun, 6-avgust kuni O‘zbekiston ayollar termasi braziliyalik shaxmatchilarga qarshi dona suradi.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki ikki turda Gondurasni mag‘lub etib (4:0) , keyingisida Latviya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan o‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar uchinchi turda Serbiyaga yutqazib qo‘ygan edi (1:3).
Izoh (0)