O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov AQShning Aptos shahrida start olgan musobaqadagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. U mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSh dollaridan iborat The Comerica Bank Challenger turnirining birinchi davrasida saralash bosqichi g‘oliblaridan biri amerikalik Dennis Nevolo bilan to‘qnash keldi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.
Nevolo dunyo reytingida 417-pog‘onada borayotgan bo‘lsa, Farrux reytingida 127-o‘rinni band etgan. Uchrashuvda tajribaliroq bo‘lgan Do‘stov raqibini 6:3, 6:4 hisobi bilan g‘alaba qozondi. Endi Farrux ikkinchi davrada amerikalik Rayan Uilyamsga qarshi kortga chiqadi.
Shuningdek, ertaga tongda Farrux Do‘stov ukrainalik Ilya Marchenko bilan birga juftlik musobaqasining ilk bosqichida belgiyalik Ruben Bemelmans hamda litvalik Laurinas Grigelis tandemiga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Farrux Do‘stov o‘tgan hafta Vankuverda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rayan Uilyamsni mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Izoh (0)