Joriy yilning 8-sentabr sanasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Yangi Zelandiya termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Mirjalol Qosimov shogirdlari Osiyo o‘yinlari oldidan jiddiy tayyorgarlikka ega bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, Yangi Zelandiya terma jamoasi O‘zbekiston futbolini yaqindan o‘rganishni boshlagan.
Ushbu davlatda chop etiladigan The Dominion Post, Neuseeland News, The Eastbourne Herald, Nelson Mail nashrlari imkon qadar O‘zbekiston futboli haqida ma’lumotlar yiqqan va qisqa satrlarda chop etgan.
“Olingan ma’lumotlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekiston termasi avlodlar almashinuvini boshidan o‘tkazmoqda. Tarkib butunlay yangilanish arafasida. Bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ko‘plab yoshlarni sinab ko‘rmoqda va munosiblarni tarkibga kiritmoqda.
Bu bilan O‘zbekistonni kuchsizlangan demagan bo‘lardik. Sababi, ushbu davlat hamisha yirik musobaqalarning doimiy ishtirokchisi bo‘lib kelgan va kuchli futbolchilariga ega. Bizga qarshi jangovor tarkib tushmasa-da, baribir Toshkentdagi o‘yin ko‘p narsalarni anglatishi mumkin.
Shunday ekan, Riki Xerbert (bosh murabbiy) shogirdlari oldida munosib raqib turibdi. Har holda Toshkentda qiziqarli o‘yin o‘tishi shubhasiz”, — deyiladi nomlari tilga oligan nashrlarning sport rukni ostida chop etilayotgan xabarlarda.
Izoh (0)