“Barselona” yarim himoyachisi Xavi maxsus matbuot anjumani vaqtida Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
“Men milliy terma jamoadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. O‘tgan yillar uchun hammadan minnatdorman. Bu juda ajoyib damlar edi”, — deydi 34 yoshli futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Xavi Ispaniya terma jamoasi safida 2008 va 2012-yilgi Yevropa chempionati hamda 2010-yilgi jahon chempionatida qatnashib, jamoasining g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shgan.
Izoh (0)